Xalqaro aloqalar
Tashrif
20.04.2025







O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining 2024-yil 19-dekabrdagi “Pedagogik ta’lim klasterini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Andijon viloyati pedagogik mahorat markazi professor-oʻqituvchilari pedagogik ta’lim klasteriga biriktirilgan Andijon shahridagi 22-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 34-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashrif buyurdilar.
Tashrif mobaynida kelgusida ehtiyojga asoslangan pedagoglar uchun qisqa muddatli kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish belgilab olindi. Bundan tashqari oʻquvlar haqida, ommalashtirish tartibi, boʻyicha hamda kelgusida bajariladigan ishlar borasida kelishib olindi.
Memorandum
07.01.2025







Andijon viloyati Pedagogik Mahorat Markazi hamda Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumni imzolashdan asosiy maqsad:
- 1. Qonun hujjatlariga muvofiq berilgan vakolatlar doirasida belgilangan vazifalarni o‘z muddatlarida va sifatli bajarish;
- 2. O‘zaro kelishilgan tadbir va dasturlarning ijrosini ta’minlashda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni amalga oshirish va rivojlantirish;
- 3. Hududiy markaz va Prezident maktabi hamkorligida maktab ta’limi sohasidagi muammolarni birgalikda muhokama qilish, ularga yechim izlash va mazkur sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdir.
- 4. Shuningdek, Ta’lim, ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim texnologiyalarini joriy etish, o‘zaro tajriba almashish, ularni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish va qo‘shma innovatsion loyihalar ishlab chiqish hamda amalga oshirish, shuningdek, turli tadbirlarni o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish ko’zda tutilgan.